TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimini 8 ta nominatsiya bo‘yicha baholash jarayoni yakunlandi. Bu haqida Hukumat portali xabar berdi.
Toshkentda “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va BAA Hukumat ishlari vaziri Muxammad al-Gergavi ishtirok etdi.
BAA O‘zbekistondagi eng yaxshi davlat organlarini aniqladi
© Ministerstvo sifrovix texnologiy
“Dastur davomida Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri devonxonasining 36 nafar eksperti tomonidan respublikaning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimlarini 8 ta nominatsiya bo‘yicha baholash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi”, — deyiladi xabarda.
Dastur ishtirokchilari “Namunali vazirlik”, “Eng yaxshi tashabbus” va “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishlarida hamda bir nechta individual kategoriya kesimida qatnashishdi.
BAA O‘zbekistondagi eng yaxshi davlat organlarini aniqladi
© Ministerstvo sifrovix texnologiy
“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘olib va sovrindorlari
Namunali vazirlik
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
Strategik maqsadlarni amalga oshirishda
1-o‘rin — Sog‘liqni saqlash vazirligi
2-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
3-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirishda
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Integratsiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Madaniyat vazirligi
Eng yaxshi tashabbus
1-o‘rin — “IT park” tashabbusi, “IT park” direksiyasi
2-o‘rin — “Yoshlar texnoparki” tashabbusi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
3-o‘rin — “AKIS-qishloq ho‘jaligi xizmatlari” tashabbusi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Eng yaxshi loyiha
1-o‘rin — “Qishloq xo‘jaligi xoldinglarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish” loyihasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2-o‘rin — “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” loyihasi, Suv xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin— “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi
Namunali vazir o‘rinbosari
1-o‘rin — Sherzod Rabiyev, adliya vaziri o‘rinbosari
2-o‘rin — Ilhom Norkulov, iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
3-o‘rin — A’zam Kadirxodjayev, tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari
Namunali boshqaruv xodimi
1-o‘rin — Jamshid Abduzuxurov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi
2-o‘rin — Anvar Raupov, Energetika vazirligi xodimi
3-o‘rin — Zarifjon Ashurov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
Murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha namunali xodim
1-o‘rin — Jaloliddin Asamutdinov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
2-o‘rin — Obidjon Mo‘minov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xodimi
3-o‘rin — Shahbozbek Hakimov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi
Namunali ixtisoslashgan xodim
1-o‘rin — Sherimbetov Xalilulla, Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimi
2-o‘rin — Otabek Xaqberdiyev, Adliya vazirligi xodimi
3-o‘rin — Nosir Shukurov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi
Namunali hududiy boshqarma xodimi
1-o‘rin — Asror Rustamov,Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi
2-o‘rin — Axtam Daliyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda davlat organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash sohasida BAA va xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur Dasturda davlat organlari xodimlarining salohiyatini mustahkamlash, ma’muriy resurslarning maqbul taqsimlanishini ta’minlash, milliy strategik rivojlanish maqsadlariga erishish uchun idoralar orasidagi hamkorlikni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.