TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiyaning “Markaz” qo‘shinlari guruhining harbiy xizmatchilari Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlarining 30 taga yaqin artilleriya pozitsiyalariga zarba berishdi. Bu haqida guruh matbuot markazi rahbari Aleksandr Savchuk RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Artilleriya bo‘linmalari uchta tayanch punktiga, texnikalar jamlangan uchta hududga va Ukraina Qurolli kuchlarining 30 tga yaqin artilleriya pozitsiyasiga zarba berdi”, — dedi Savchuk.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida guruh bo‘linmalari artilleriya bilan birgalikda 12-maxsus maqsadli “Azov”* brigadasining hujum guruhlarini mag‘lub etgan.
Savchukning eslatishicha, dushmanning yo‘qotishlari 200 ga yaqin harbiy xizmatchi va ikkita texnikani tashkil etgan. Bundan tashqari, FPV-dron 12 millimetrli minomotni yo‘q qildi, deya qo‘shimcha qildi matbuot markazi rahbari.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti