TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) davlatlari bilan havo hujumidan mudofaa yagona tizimini shakllantirish masalasida ko‘p ish olib bordi. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u hozirda Rossiyada bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar chog‘ida umumiy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilgan.
“Hozir ulardan biriga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman, bundan tashqari, ertaga Minskda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti doirasidagi hamkasblarimiz bilan uchrashuvimiz bor. Masalalardan biri KXShT davlatlarining yagona havo mudofaa tizimini shakllantirishdir. Biz bu borada juda ko‘p ishlarni amalga oshirdik”, — dedi Putin.
KXShTga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston a’zo.