Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Moskva – Minsk – Ostona – Yerevan – Toshkent – Tbilisi” videoko‘prigida G‘arb texnologiyalarining fuqarolar ongini manipulyatsiya qilish xavfi va ularning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida so‘z yuritildi.
Ishtirokchilar yaqin xorijiy mamlakatlar media makonida axborot xurujlari va hujumlariga qarshi kurashish strategiyalarini muhokama qilishdi.
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov G‘arb tomonidan postsovet hududidagi hozirgi vaziyatda ishlab chiqilayotgan axborot proksi urushlarining asosiy hikoyalari haqida gapirdi.
Bunga misol tariqasida ekspert sunniylar va shialar o‘rtasidagi ziddiyatni keltirdi. Postsovet davlatlarining umumiy o‘tmishi mavzusi G‘arb siyosiy strateglari uchun vaziyatni izdan chiqarish uchun juda qulay, deb hisoblaydi ekspert.
Mutaxassisning fikricha, “axborot gigiyenasi”ni rivojlantirish, yoshlarni kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish kerak, toki ular uni tahlil qila olishsin, ayniqsa, agar bu ma’lumotlar hissiy zaradga ega bo‘lsa.
Uning fikricha, fuqarolarni axborot "to‘ldirish"dan himoya qilish uchun postsovet respublikalari Yevroosiyo davlatlarining umumiy manfaatlariga javob beradigan aniq, izchil javoblarni shakllantirishlari kerak.
“Keyin bizni larzaga keltirish qiyin bo‘ladi. Agar biz bunga tayyor bo‘lsak, u holda tahdidlarni avvalroq oldini olishimiz shart emas, chunki biz ularni tahliliy ravishda bashorat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov ana shunday urushlardagi kurash haqidagi o‘z variantini ilgari surdi. U ikki mamlakatni bog‘laydigan odamlar va shaxslar bilan bog‘liq hikoyalardan foydalanishni taklif qildi. Uning fikricha, davlatning ijobiy qiyofasini millatning eng yaxshi vakillari yaratadi.
Misol tariqasida u o‘zbek arxeologiyasining asoschilaridan biri, Gruziyaning Borjomi shahridan bo‘lgan Edvard Rtveladzeni keltirdi.
“U uchta akademiya – O‘zbekiston, Gruziya va Rossiya akademiyasining akademigi edi. Uch tomonlama aloqalarning jonli shaxsi”, – dedi Nazarov.
Millatlararo aloqalar mavzusini davom ettirar ekan, Belarus Jurnalistlar uyushmasi raisi Andrey Krivosheyev o‘zbek ommaviy axborot vositalarining kichik bir g‘oyasini qayd etdi.
“MDH mamlakatlari va xalqlari o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarga qanday qilib ijobiylik belgisini qo‘shish mumkin? Yaqinda Buxoroda bo‘ldim. Mahalliy viloyat matbuotining fishkalaridan biri — Xo‘ja Nasriddin haqida rivoyatlarni rep shaklida aytib berish. Bu ijtimoiy tarmoqlarda juda yaxshi sotiladi. Bu shedevr va kreativ”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Krivosheyev.