TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston Angliyani mag‘lub etib, U-17 jahon chempionati chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hisob 2:1.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) jamoasi Indoneziyada o‘tayotgan jahon chempionatida Angliyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
O‘zbekiston Angliyaga qarshi ko‘k-oq libosda o‘ynadi, darvozabon esa to‘q sariq libosda harakatlandi.
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
O‘yinda Amirbek Saidov hisobni ochdi. Keyin raqib jamoa vakili Joel Ndala hisobni tenglashtirdi. Lazizbek Mirzayev jarima zarbasidan gol kiritib, milliy jamoani hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa o‘yin 2:1 hisobida o‘zbekistonliklar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘zbekiston chorak finalda jamoa Fransiya – Senegal juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.