TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari ishtirokidagi bahs durang natija bilan yakunlandi. Hisob 2:2.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-noyabr kuni JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bahsda futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qildi.
Futbolniy match Uzbekistan - Iran.
© Sputnik/Abdubakir Yunusov
Uchrashuvni Muhammad Abdulla Hassan (BAA) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Unga qanotlarda Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahdi yordam berdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida mag‘lub bo‘layotgan O‘zbekiston jamoasi ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdi. Gol mualliflari: 0:1 —Ramin Rizoyan, 0:2 —Mehdi Taremi, 1:2 —Oston O‘runov, 2:2 —Igor Sergeyev.
Eslatib o‘tamiz, respublika terma jamoasi eronliklar ustidan so‘nggi g‘alabasini bundan 11-yil avval, 2012-yilning noyabr oyida qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda uchrashuv 1:0 hisobida yakunlangan.