TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘simlik zararkunandalari tufayli butun dunyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 40 foizga yaqini nobud bo‘lmoqda. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Konferensiyada iste’molchilar salomatligi xavfsizligiga alohida e’tibor qaratgan holda, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan mahsulot yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Karantin va o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutidagi xalqaro konferensiya.
© Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy
Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xorvatiya va Italiyadan fitosanitariya xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar va ekspertlar ham bor. Ular ilmiy ishlanmalar, kashfiyotlar va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektlarni aniqlashning yangi usullarini taqdim etishdi.
Karantin va o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutidagi xalqaro konferensiya.
© Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy
“Hozirgi vaqtda iqlim va ta’minot zanjirlari o‘zgarib borayotgani, shu sababli oziq-ovqat bozorlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tahdidlar kengayayotgani sababli bunga e’tibor qaratish zarur”, — dedi "Umumrossiya o‘simliklar karantini markazi" Federal davlat budjet muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari Denis Zinnikov.
Sessiya davomida mutaxassislar har yili o‘simliklar zararkunandalari tufayli sayyoramizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 40 foizga yaqini nobud bo‘layotganini ta’kidladi. Butun dunyoda oziq-ovqat muammosi keskin ekanini hisobga olsak, bu juda yuqori ko‘rsatkich.
Shu bois, bugungi kunda atrof-muhitga zarar yetkazmasdan mahsulot yetishtirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Va bu yerda biologik himoya vositalaridan foydalanish birinchi o‘ringa chiqadi.
“Pestitsid yuki zarar keltiradi. Eng muhimi, to‘g‘ri dasturga rioya qilishdir. Bu yerda o‘simliklarni biologik himoya qilish vositalari birinchi o‘rinda turadi. Bu o‘rganish uchun qiziqarli mavzu va agar siz butun dunyodagi tasvirga nazar tashlasangiz, barcha mamlakatlar shu yo‘nalishda harakat qilayotganini ko‘rishingiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Zinnikov.
Mutaxassislar bu boradagi ishlar jalb etilgan tuzilmalar, jumladan, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatining muhim yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.
Kelgusida ishlab chiqilayotgan yangi usullar va xalqaro tadqiqotlar o‘simlik kasalliklari va zararkunandalariga qarshi erta tashxis qo‘yishni soddalashtiradi, bu esa hosilni saqlash va shunga mos ravishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi.