TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilindi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Ro‘yxatga jami 34 ta kompaniya kiritilgan. Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingida 10 ta tashkilot yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ular Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida joylashgan.
Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingi
Turoperatorlar nomi | Hudud | Reyting |
"SULTAN TRAVEL 2022" MChJ | Andijon viloyati | 80% |
"TANWIR" MChJ | Toshkent shahri | 75% |
"DOLINA ZOLOTAYA" MChJ | Farg‘ona viloyati | 61% |
"SAFAR TIME EXCLUSIVE" MChJ | Toshkent shahri | 71% |
"SALAAM" MChJ | Andijon viloyati | 65% |
"IHLOS TRAVEL 1" MChJ | Andijon viloyati | 78% |
"BRAND TRAVELS" MChJ | Farg‘ona viloyati | 70% |
"ARABIA AGENCY" XK | Toshkent shahri | 69% |
"RAVNAQ TRAVEL" MChJ | Namangan viloyati | 66% |
"EXPRESS PARVOZ" MChJ | Namangan viloyati | 72% |
Shu yilning 1-noyabridan Umra tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Endilikda turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining Umra xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi.
2023 yil 1-oktabrdan Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga safar qilish uchun elektron viza olishlari mumkin. Saudiya Arabistoni “E-visa”si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.