Matbuot markazi

Raqamli proksi urushlar: ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning ongini qanday boshqaradi?

Sputnik videoko‘prigi ishtirokchilari Yaqin xorij media makonida axborot xurujlari va hujumlariga qanday qarshi turishni aytib berishadi.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Moskva - Minsk - Ostona - Yerevan - Toshkent - Tbilisi "Raqamli proksi urushlar: ijtimoiy tarmoqlar fuqarolar ongini qanday manipulyatsiya qilmoqda" mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tadi.
Videoko‘prik 21-noyabr kuni soat 15^00 da o‘tkaziladi.
Mutaxassislar quyidagi masalalarga e’tibor qaratishadi:
fuqarolar ongini manipulyatsiya qilish uchun G‘arb texnologiyalari qanchalik xavfli va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin;
yaqin xorijiy mamlakatlar media makonida axborot hujumlari va xurujlariga qanday qarshi turish kerak;
haqiqiy ma’lumotni soxta ma’lumotlardan va axborot sabotajidan qanday ajratish mumkin;
hozirgi vaziyatda G‘arb tomonidan axborot proksi urushlarining qanday hikoyalari ishlab chiqilmoqda.
Videoko‘prik spikerlari: ekspert-siyosatshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov (Toshkent), Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov (Moskva), Belarus Jurnalistlar uyushmasi raisi, “Minsk-novosti” axborot agentligi bosh direktori Andrey Krivosheyev (Minsk), siyosatshunos, “Glas naroda” jamoat klubi eksperti Arman Gukasan (Yerevan).