TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekistondagi hammaga tanish bozorlar odatda katta maydonga ega va u yerda siz hamma narsani topishingiz mumkin: sabzavot va mevalardan tortib, matolar va antiqa buyumlargacha.
Bozorda savdolashish — yaxshi an’anadir. Mahorat bilan savlolashadigan xaridor esa, eng saxiy chegirmaga ega bo‘ladi. Toshkentdagi eng ommabop, albatta tashrif buyurishga arziydigan bozorlar haqida Sputnik O‘zbekiston materialida o‘qing.
Chorsu bozori
O‘zining gastronomik qatorlari bilan mashhur Toshkentdagi eng yirik bozor. Chorsu bozori bir necha qismlarga bo‘lingan: sabzavot va mevalar, go‘sht va sut mahsulotlari, quritilgan mevalar, shuningdek, milliy kiyimlar, kulolchilik va oltin sotiladigan qatorlar.
“Chorsu” bozori
© Sputnik / Aktan Temirkanov
Chorsu bozori haqida ishonch bilan aytishadi: bu yerda hamma narsani topishingiz mumkin.
Chorsu mahalliy taomlardan tayyorlangan alohida qatorlar tufayli toshkentliklar va sayyohlar orasida katta shuhrat qozongan. U yerda xonim, kabob, somsa, baliq va boshqa taomlar sotiladi. Siz sotib olgan taomingizni bozorning o‘zida yeyishingiz mumkin.
“Chorsu” bozori
© Sputnik / Aktan Temirkanov
Bu yerda odatiy mahsulotlardan tashqari milliy liboslar, gazlamalar, o‘zbek hunarmandlarining qo‘lda yasalgan buyumlarini xarid qilish mumkin.
Oloy bozori
“Oloy” bozori
© Sputnik / /Stringer
Bozor shahar markazida "Abdulla Qodiriy" metro bekati yaqinida joylashgan. Oloy bozori o‘zining ixchamligi va tozaligi bilan o‘ziga jalb qiladi.
Ammo bu bozorni Toshkentdagi eng qimmat bozorlardan biri deyish mumkin. Bozor sotuvchilari buni faqat eng yaxshi navdagi yangi meva-sabzavotlar sotilayotgani bilan izohlamoqda.
“Oloy” bozori
© Nuz.uz
Ulardan tashqari bozorda dunyoning turli burchaklaridan kelgan tovarlar sotiladigan do‘konlar ham bor.
“Oloy” bozori
© Sputnik / /Stringer
Shuningdek, Oloy bozorida ziravorlarning katta assortimenti mavjud bo‘lib, ular alohida sotiladi yoki xaridorning iltimosiga binoan bir nechta turlarni aralashtirish mumkin.
Mirobod bozori
“Mirobod” bozori
© Sputnik/Zafar Xalilov
Bu bozor “Gospitalniy” bozori deb ham ataladi. Bu nom bozorga 19-asrning o‘rtalarida uning hududida harbiy kasalxona joylashganidan keyin berilgan, shuning uchun bozor nomi keyinchalik u bilan qolgan.
“Mirobod” bozori
© Sputnik/Zafar Xalilov
Bozor poytaxtning Mirobod tumanida joylashgan. Unga eng yaqin metro bekatlari: “Oybek” va “Toshkent”. Bozor meva va sabzavotlardan tortib kiyim-kechak va kosmetika mahsulotlarigacha bo‘lgan turli xil bo‘limlarga to‘la.
Mehmonlar bu bozorni oziq-ovqat va tovarlarning yangiligi, quvnoq va mehribon sotuvchilari uchun yaxshi ko‘radilar.
“Mirobod” bozori
© Sputnik/Zafar Xalilov
An’anaga ko‘ra, yangi yil uchun bu yerda sovg‘alar, archa bezaklari va gulchambarlar bilan tematik yarmarka ochiladi. Bozorga naqd pul bilan borganingiz ma’qul, chunki naqd to‘lov bilan siz katta chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.
Farhod bozori
Bozor poytaxtning eng gavjum hududlaridan biri Chilonzor tumanida joylashgan. Bu yerda siz kitob do‘konlari, non mahsulotlari, mevalar va boshqa tovarlar solingan pavilonlarni topishingiz mumkin.
Shuningdek, bozorda kalit ishlab chiqaruvchilarni topishingiz mumkin, ular kalitni joyida yasaydilar yoki buzilgan qulfni ta’mirlashga yordam beradilar.
Bundan tashqari, Farhod bozorida arzon narxlardagi meva va sabzavotlarning katta tanlovi mavjud. O‘zbek bozorlarining eng yaxshi an’analari - bu yerda savdolashish mumkin.
Yangiobod bozori
“Yangiobod” bozori
© Sputnik / Stringer
Yangi narsalar va oziq-ovqat do‘konlarini birlashtirgan afsonaviy bozor va sovet mexanizmlari, antiqa buyumlar va boshqa ko‘p narsalar uchun noyob qismlarga ega buyum bozori. Bu joy o‘z bolaligini qayta o‘tkazishni va eski bozorlarni eslashni xohlaydiganlar uchun ajoyib joy.
Biroq, haqiqatan ham arziydigan narsani topish uchun sizdan vaqt va sabr-toqat talab etiladi.
“Yangiobod” bozori
© Sputnik / Stringer
Qatorlar tasodifiy sotiladigan tovarlar bilan to‘lib ketgan. Masalan, ular orasida chinakam "Chayka" soatlari, Xitoydan past sifatli qalbakisi ham bo‘lishi mumkin.
“Yangiobod” bozori
© Sputnik / Stringer
Qoidaga ko‘ra, Yangiobod bozoriga sovet vintajini sevuvchilar kelishadi. Bu yerda turli xil tovarlardan tashqari hayvonlarni ham sotib olishingiz mumkin. Bozorda chorva mollari sotiladigan maxsus ayvon bor.