Toshkent havosi chindan ham ayanchli ahvoldami — iqlimshunos javobi

Iqlim o‘zgarishi Toshkent atrofidagi hududlar, xususan Qozog‘iston janubidagi cho‘llarga ham ta’sir qilmoqda. U yerda sug‘oriladigan maydonlar ishdan chiqishi oqibatida shamol cho‘ldagi mayda chang zarrachalarini hududimizga olib kelmoqda.
Sputnik
Toshkentda havo ifloslanishining asosiy sabablari hamda ekologik vaziyatni yaxshilash uslublari haqida O‘zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga so‘zlab berdi.
Air quality index platformasida Toshkent shahrini boshqa shaharlarga nisbatan ifloslanish reytingini ko‘rish mumkin. Bu platforma 110 taga yaqin yirik shaharlarning reytingini yuritadi. Barcha mamlakatlardagi yirik shaharlar ham kiritilmagan bunga.
Misol uchun, Turkmanistondagi Ashxobod kiritilmagan yoki Erondagi ko‘plab shaharlar kiritilmagan. Yilning bahor va yoz oylari boshlarida Toshkent shahri kamdan-kam holatlarda 20 talikka kiradi. Kuzda va qishda tez-tez, beshinchi, oltinchi va hatto birinchi o‘rinlarga chiqib turadi. Bu qisqa davr uchun xos.
Lekin, umumiy yil davomida biz 110 talik shahar ichida 20-25-o‘rinda yakunlayapmiz. Oxirgi 7-yillik kuzatuvlar bo‘yicha gapiriladigan bo‘lsa, Toshkent shahri butun dunyodagi datchiklar o‘rnatilgan va monitoring yuritiladigan yirik shaharlar ichida 20, 25 va ayrim yillarda 18-17-o‘rinlar oralig‘ida tebranib turibdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.