Rossiyaning "Lanset" apparatlari Ukraina uchun jiddiy tahdidga aylandi

“Lanset” jang maydonida tobora ortib borayotgan tahdidga aylanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. “Lanset” uchuvchisiz uchish apparatlari jang maydonida Ukraina Qurolli kuchlari uchun tobora ortib borayotgan tahdidga aylanmoqda. Bu haqida RIA Novosti Business Insider nashriga tayanib xabar berdi.
“Aftidan, bu tasodif emas edi. Oxirgi Lancet dronlarining jangovar kallaklari havoda portlab, nishonga zarba beruvchi yadro chiqaradi”, — deyiladi materialda.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya dronlarining yangi versiyalari dushman texnikasiga zarba berib, uning korpusi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvdan qochadi: shu tariqa, "Lanset" ukrainaliklarning qo‘shimcha mudofaasini chetlab o‘tib, unga yopishib qolmay, Bradley mashinalariga urildi.
“Rossiyaning "Lanset" uchuvchisiz apparatlari Ukrainadagi jang maydonida jiddiy tahdidga aylandi, ularning masofasi va quvvati doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda”, — deya xulosa qildi kuzatuvchilar.