YeOII mamlakatlari umumiy energiya bozorlarini shakllantirishda oldinga siljishdi

2025 yil 1-yanvardan YeOII umumiy energiya bozorlari ishlay boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Joriy yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari umumiy energiya bozorlarini shakllantirish dasturlarida ancha jiddiy yutuqlarga erishdi. Bu haqida Belarus energetika vaziri Viktor Karankevich ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Belarus departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, payshanba kuni Karankevich va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ularda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining umumiy energiya bozorlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, YeOIIga a’zo davlatlarning energetika sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi kun tartibini ham muhokama qilishdi.
“Joriy yilda biz umumiy energiya bozorlarini shakllantirish dasturlarida ancha jiddiy yutuqlarga erishdik, umumiy elektr energiyasi bozori bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Qayerdadir gaz bilan bog‘liq muammolar bor, lekin biz u yerda ham muvaffaqiyatga erishmoqdamiz, ko‘p masalalar hal bo‘ldi, kelishilgan yondashuvlar topildi”, — dedi Viktor Karankevich.
O‘z navbatida, Kojoshev umumiy energiya bozorlari bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Biz bo‘lajak yig‘ilishda ushbu masalalarni muhokama qilishimiz kerak", — dedi u.
2025 yil 1-yanvardan YeOII umumiy energiya bozorlari ishlay boshlaydi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII barqaror o‘sish trayektoriyasiga kirdi