Toshkentdagi professional boks oqshomi qanday o‘tdi — video

Eng kutilgan jang Bahodir Jalolov va JAR vakili Kris Tompson o‘rtasidagi jang bo‘ldi.
Sputnik
Toshkentda Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-konvensiyasi doirasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 8 davlatidan kelgan sportchilar WBC Central Asia kamari uchun kurash olib borishdi.
O‘zbekistondan 7 nafar sportchi ringga tushdi. Professional boksda debut qilgan Abdumalik Xalokov, shuningdek, Mujbillo Tursunov, Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Anvar Turopov, Suhrob Qayumov va Bahodir Jalolov.
Eng kutilgan jang Bahodir Jalolov va JAR vakili Kris Tompson o‘rtasidagi jang bo‘ldi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan edi, biroq birinchisidayoq yakunlandi. Ketma-ket kuchli zarbalar berib, Jalolov raqibini nokautga uchratdi.
Kechaning mashhur mehmonlari orasida Mayk Tayson va Evander Xolifild ham bor edi.
Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.