Samarqandda harbiy vertolot halokatga uchradi

Fojia oqibatida vertolot ekipaji halok bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Kecha, 17-noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli “Mi-8” vertoloti “Kattaqo‘rg‘on” poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Fojia oqibatida vertolot ekipaji halok bo‘ldi.
Vazirlik halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildirgan.