Ozarbayjon mudofaa vaziri Samarqandda vertolot halokati ortidan hamdardlik bildirdi

Halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, ularning qayg‘usiga sherikmiz, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanov Samarqandda vertolot halokati ortidan O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar berdi.
“Ekipaj a’zolarining vafoti haqidagi xabar chuqur qayg‘uga soldi. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, ularning qayg‘usiga sherikmiz”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Mi-8 harbiy vertoloti o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi va ekipajning barcha a’zolari halok bo‘ldi.