Matbuot markazi

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Arxangelsk viloyati rahbarining anjumani bo‘lib o‘tadi

Aleksandr Sibulskiyning Toshkentga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Bugun Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiyning Toshkentga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Arxangelsk viloyati gubernatori va O‘zbekiston bosh vaziri nimalar to‘g‘risida kelishib oldilar, Pomorye va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va fan sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha qanday rejalarni belgilab oldi, o‘zaro madaniy almashinuvni kutsa bo‘ladimi? Gubernator shu va boshqa savollarga javob beradi.
Matbuot anjumani soat 16:00 da boshlanadi.
Matbuot anjumanida ishtirok etish istagida bo‘lgan OAV vakillari +99890 984 98 49 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin (Toshkentdagi Sputnik matbuot markazi produseri Ramiz Baxtiyarov, @RamizBakhtiyarov).