TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Yarmarka doirasida Sankt-Peterburg Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi o‘rtasida turizm sohasida sheriklik va amaliy hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi. Bu haqda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
© Upravlenie turizma Samarkandskoy oblasti
Kelishuv doirasida turizm industriyasi subyektlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, guruh va individual turlarni tashkil etishga ko‘maklashish, professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, mehmondo‘stlik sanoati mahsulotlarini sotish va ilgari surish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarida o‘zaro hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, TXTY-2023 1995-yildan beri BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ko‘magida o‘tkazib kelinayotgan yillik turizm tadbiridir.