Putin iqtisodni G‘arbdan ko‘ra yaxshiroq tushunadi — ekspert

G‘arbning yashil energetikaga urg‘u berishi uning Rossiyaga mag‘lub bo‘lishiga olib keldi - ekspert.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. G‘arb va Rossiya orasida kechayotgan energetika urushida Putin yutib chiqmoqda, deb yozadi "UnHerd" nashri sharhlovchisi Ralf Shellhammer. RIA Novosti xabariga asosan.

"Energetika hali ham geosiyosatda asosiy rol o‘ynaydi va Putin buni G‘arbdagi raqiblariga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Shu sababli energetika kurashida Moskvani mag‘lub etib bo‘lmaydi", - dedi Shellhammer.

G‘arb Rossiya iqtisodiga qarshi son sanoqsiz sanksiyalari kiritishiga qaramasdan Rossiya iqtisodi o‘sish namoyish qilmoqda. Nefti narxiga qo‘yilgan cheklovlarga qaramasdan Rossiya o‘z neftini bozor narxlarida sotmoqda. Cheklovlar tufayli neftning bozor narxi oshib, G‘arb iqtisodiga zarar yetkazmoqda.
Ustiga ustak, G‘arb yashil energetikaga urg‘u berishi, uni har qadamda targ‘ib qilishi ham kutilganidek Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkaza olmadi. Rossiya an’anaviy energiya manbalari va atom energetikasini rivojlantirgan holda o‘z iqtisodini ishonchli ta’minlamoqda.
Ushbu vaziyatlarni hisobga olgan holda maqola muallifi Rossiya bilan energetik hamkorlikni qayta tiklash va “energiya klapanini ochishi”ni taklif qildi. Bu holatda yoqilg‘i narxi tushishi mumkin, deya tushuntirdi jurnalist.
Oxir-oqibat Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari o‘n yilliklar ichida rekord darajadagi inflyatsiyaga duch kelishmoqda.