Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Arxangelsk viloyati ishbilarmon doiralari va O‘zbekiston tadbirkorlari ishtirokida biznes-forumi va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiyaning Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi viloyat ishbilarmon doiralari delegatsiyasi hamda O‘zbekiston vakillari ishtirokida biznes-forumi hamda B2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 25 nafar Arxangelsk va 100 tadan ortiq O‘zbekiston kompaniya vakillari, xususan, o‘rmon, sellyuloza-qog‘oz, yengil sanoat va chakana savdo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mashinasozlik, metallga ishlov berish, qurilish sanoati sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda Arxangelsk viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish.
Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va “Arxangelsk viloyati Savdo-sanoat palatasi” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, “Severnaya zashita” MChJ va "VIDSOM" MChJ, "Vudkomponent" MChJ va "BELUKROS" MChJ, “KIT Sofit” MChJ va “BIG AUTOMATION SOMPANY” MChJ o‘rtasida niyat bayonnomalari imzolandi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I. Jasminov, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili K.Zligostev, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari N.Sharipov, Arxangelsk viloyati gubernatori A.Sibulskiy va boshqalar ishtirok etishdi.