“Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning 65-yilligi: Aripov kimlarga mukofot topshirdi?

Shavkat Mirziyoyevning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga yo‘llagan tabrigini Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Bugun, 17-noyabr kuni, Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 65-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga yo‘llagan tabrigini bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Davlat rahbarining kuni kecha imzolagan farmoniga asosan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhi mukofotlangan edi.
Tadbirda prezidentning topshirig‘iga binoan, bosh vazir davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.
Prezident kimlarni mukofotladi?
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan
Ganiyev Yuldash Urinovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi markaziy ta’mirlash-mexanika sexi boshlig‘i
"Do‘stlik" ordeni bilan
Ahadov Xayrulla Rofiyevich - "Navoiyuran" davlat korxonasi bosh geologi
Baxronov Farxod Shayimovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining investitsiyalar va kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari
Janaxmetov Serijan - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" davlat muassasasining "Navoiy" hududiy boshqarmasi "Farhod" madaniyat saroyi yakkaxon xonandasi
Kuleshov Andrey Dmitriyevich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi "Muruntog‘" koni burg‘ilash qurilmasi mashinisti
Pogosskaya Albina Rishatovna - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Zarafshon qurilish boshqarmasi 4-avtokorxona kran mashinisti
Sadinov Shuxrat Mardonovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati bosh marksheyderi
Turganbayeva Guljamila Urazbayevna - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi 3-Gidrometallurgiya zavodi quyultirish, sanoat chiqindilarini zararsizlantirish va reagentlarni tayyorlash sexi katta ustasi
Soy Maya Vasilyevna - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi budjetlashtirish va kontrolling bo‘limi boshlig‘i
"Shuhrat" medali bilan
Bekqulov Razzoq Ataqulovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Janubiy kon boshqarmasi "Zarmitan" koni lahimchisi
Berdiyorov Nuriddin Mamirzayevich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Janubiy kon boshqarmasi "Marjonbuloq" koni oltin ajratish sexi muhandis-texnologi
Bobodo‘stov Zafar Majidovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi quymachilik sexi boshlig‘i
Bo‘riyev Nasrullo Safoqulovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi "Sharqiy" ochiq usulda qazib olish koni burg‘ilash qurilmasi mashinisti
Zakirov Askar Axmedjanovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Janubiy kon boshqarmasi 4-Gidrometallurgiya zavodi direktori
Irgashov Tulkin Yadgarovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining "1-Gidrometallurgiya zavodi" kon boshqarmasi 2-texnologik sexi apparatchisi
Karimova Feruza Maxmanazarovna - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi "Auminzo-Amantoy" koni texnologik laboratoriyasi kimoviy tahlil laboranti
Muhammedov Mehriddin Normurodovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi "Daugiztau" koni ekskavator mashinisti
Pulatov Vaxidjon Baxtiyarovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Umarov Shodiyor Shuxratovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi dispetcheri
Usmonov Ixtiyor Normuhammadovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi 5-Gidrometallurgiya zavodi ta’mirlovchi-chilangari.