TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil voinskuyu chast v Surxandarinskoy oblasti.
Mazkur qismda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport zali eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.
Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirdi. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Mirziyoyevga “Bayraktar TB2” razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi.