TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 1-dekabrdan boshlab ish haqi, pensiyalar va nafaqalar oshadi. Bu O‘zbekiston prezidenti imzolangan 196-sonli farmonda aytib o‘tilgan. O‘zA xabariga asosan.
Farmoniga ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi, ya’ni:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Undan tashqari barcha budjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshiriladi.
Alohida ta’kidlash joizki, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Prezidentning ushbu farmoni 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi. Bu 2023-yil hisobida bu ikkinchi marotaba oyliklar va pensiyalar oshirish bo‘ladi. Umumiy hisobda yil davomida ish haqi, pensiya va nafaqalar jami 14,5% ga oshirildi.