Shavkat Mirziyoyev To‘palang GESga tashrif buyurdi

Prezident har bir soy, imkoniyati bor har bir mahallada mikro GESlar barpo etish mumkinligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Boysun tumanidagi To‘palang gidroelektr stansiyasiga borib ishlarini ko‘zdan kechirdi.
To‘palang GES 2006-yilda ishga tushirilgan, 2019-yilgi yilgi modernizatsiyadan so‘ng GESning umumiy quvvati 175 megavattga yetgan edi. Bugungi kunda To‘palang GES O‘zbekistonda Chorvoq GESdan keyin ikkinchi yirik elektr stansiya.
Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu maloy GES "Zarchob-3" na reke Tupalang.
Shuningdek, 2020-2021 yillarda To‘palang darosida bir necha kichik GESlar ham qurilgan edi. Xususan, 2020-yil dekabrda 37 megavattli “Zarchob-1” hamda 2021-yil sentabrda 38 megavattli “Zarchob-2” GESlari ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoyevning bugungi tashrifi chog‘ida daroning quyi qismida loyihalashtirilgan yana bir kichik GES – “Zarchob-3”ning tamal toshi qo‘yildi. Uning quvvati 16 megavatt bo‘ladi va yiliga 70 mln. kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Hozirgi tizim bo‘yicha, daryo suvi maxsus bosim ostida avval To‘palang GESiga yo‘llanadi. Undan keyin bir biridan uncha uzoq bo‘lmagan Zarchob stansiyalaridagi parraklarni aylantiradi.
Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu maloy GES "Zarchob-3" na reke Tupalang.
Prezident tashrifi doirasida kelgusida To‘palang darosi bo‘yida qurilishi mumkin bo‘lgan, umumiy quvvati 264 megavattga teng yana 20ta kichik GESlar loyihalari taqdim etildi.
Shuningdek, energetika sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, ularga mikro GESlar qurish uchun yerlarni 20-yil muddatga ijaraga berish, ishlab chiqargan elektrni davlat tomonidan kafolatli sotib olish tizimi joriy etilgan.
Shavkat Mirziyoyev bu ishlarni kengaytirib, har bir soy, imkoniyati bor har bir mahallada mikro GESlar barpo etish mumkinligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Tupalangskuyu gidroelektrostansiyu v Surxandarye i oznakomilsya s provedennoy zdes modernizatsiyey.