Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 16-noyabrning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 16-noyabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Sinkovka va Zagoruykovka aholi punktlari hududlarida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Ukraina Qurolli kuchlarining 30 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta hujumni qaytardi. Dushmanning yo‘qotishlari 110 nafar harbiy xizmatchi (qurbonlar va yaradorlar), bir tank, ikkita BMP va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida Chervonaya Dibrova qishlog‘i hududida "Markaz" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari "Azov*" 12-maxsus kuchlar brigadasining hujumini qaytardi. Bundan tashqari, DXRning Torskoe aholi punkti va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida dushmanning ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berildi.
UQK yo‘qotishlari 175 nafargacha harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va yaralandi, ikkita pikap, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi.
Donesk yo‘nalishida DXRning Klesheyevka, Artomovo, Georgiyevka va Novomixaylovka aholi punktlari hududlaridagi "Janub" qo‘shinlari bo‘linmalari dushmanning 14 ta hujumni qaytardi. Kun davomida dushman 240 ga yaqin harbiy xizmatchini, bir tankni va uchta texnikasini yo‘qotdi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Polshada ishlab chiqarilgan ikkita "Krab" o‘ziyurar artilleriya tizimi, AQShda ishlab chiqarilgan uchta M777 artilleriya tizimi, shuningdek, MT-12 "Rapira" tankka qarshi quroli yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida DXRning Konstantinovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari UQKning 79-havo hujumi brigadasi va 128-hududiy mudofaa bo‘linmasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning yo‘qotishlari 70 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi. Artilleriyaga qarshi jangda Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va Britaniyada ishlab chiqarilgan FH70 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi Rabotino, Uspenovka va Malaya Tokmachka aholi punktlari huudida UQKning 33, 116 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini yo‘q qildi. Dushmanning yo‘qotishlari 100 nafargacha harbiy xizmatchilar, ikkita tank, ikkita zirhli jangovar mashina va "Giatsint-B" to‘pini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning o‘qqa tutilishi natijasida 24 soat ichida 70 nafargacha harbiy xizmatchi va ikkita texnika yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jangda M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, shuningdek, "Msta-B" gaubitsasiga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi Zaporojye viloyati, Dimitrovo qishlog‘i hududida joylashgan UQKning 128-tog‘ hujum brigadasining nazorat postiga hamda dushmanning shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasi joylashtirilgan 132ta pozitsiyalarga zarba berishdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Krasnoarmeysk shahri yaqinida UQKning MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HIMARS raketasini va JDAM boshqariladigan havo bombasini tutib oldi.
LXRning Kremennaya, DXRning Novoandreyevka, Lipovoe, Zaporoje viloyatining Mirnoe, Romanovskoe va Pavlovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 26 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 536 ta samolyot, 254 ta vertolot, 8 960 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 13 426 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1 184 ta ko‘p raketali tizimlari, 7121 ta dala artilleriyasi va minomotlari, shuningdek, 15312 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot