AQSh Isroil va Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaydigan bo‘ldi

AQSh Senati hukumatni Isroil va Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatmasdan moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. AQSh Senati Isroil va Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasdan, budjet loyihasini ma’qulladi. Bu haqida RIA Novosti CNN nashriga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSh Senati hukumatni Isroil va Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatmasdan moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Avvalroq Vakillar palatasi spiker Mayk Jonson tomonidan taqdim etilgan hukumatni Ukraina va Isroilga yordam uchun mablag‘ ajratmasdan ikki bosqichli vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi hujjatni ma’qullagan edi.

“Qonun loyihasini qabul qilish uchun Palata a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak edi. 336 nafari yoqladi, 95 nafari qarshi chiqdi. Senat qabul qildi <...> hukumat faoliyatini davom yettirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hujjat endi AQSh prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun yuboriladi.