Toshkentdagi xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi: yaratishdan tortib tayyor eksponatlargacha

“Craft fair Uzbekistan 2023” II yarmarkasida O‘zbekistondan 200 ga yaqin, boshqa mamlakatlardan 40 ga yaqin hunarmandlar ishtirok etmoqda. Tadbir jarayonlari — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda “Craft fair Uzbekistan 2023” II Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi ochildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Hunarmandchilik yarmarkasida O‘zbekistondan ikki yuzga yaqin hunarmand, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan qirqqa yaqin vakil ishtirok etmoqda. O‘zbek hunarmandlari respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan turli amaliy san’at turlarini namoyon etadi.
Mehmonlar milliy mato va kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, gilam, lak miniaturalari, kulolchilik, misdan yasalgan buyumlarni tomosha qilishlari mumkin. Tadbir dasturidan loydan ko‘zalar, ip va gazlamalar, bolalar beshigi, milliy bosh kiyim (do‘ppi) yasash bo‘yicha mahorat saboqlari ham o‘rin olgan.
Yarmarka “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida 17-noyabrga qadar davom etadi.