Sankt-Peterburgda bezorilik qilgan bloger Ozarbayjondan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi

Sankt-Peterburgda o‘tkinchilarga hujum qilgan va ushbu harakatlarni videoga olib internetga tarqatgan bloger hibsga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘tgan yozda Sankt-Peterburgda o‘tkinchilarga hujum uyushtirganlikda ayblanayotgan bloger Tural Mamedov Rossiya talabiga binoan Ozarbayjondan ekstraditsiya qilindi.

“Ozarbayjon Respublikasining vakolatli organlari Tural Mamedovni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstraditsiya qildi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, oktabr oyida Sankt-Peterburgda bir guruh yoshlar o‘tkinchilarga hujum qilgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Hodisalar asosan metro yaqinida va savdo markazlarida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar asosan o‘smirlar yoki mast odamlar bo‘lgan.
Keyin ma’lum bo‘lishicha, ushbu videolarda voyaga yetmagan Tural Mamedov aks etgan bo‘lgan. Hujumlarni uyushtirganlikda gumon qilingan shaxs xalqaro qidiruvga berilgan va keyinroq u Ozarbayjonda hibsga olingan.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan Rossiya JKning 282-moddasi “Bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlik ishlatib, bezorilik qilish” va “Bir guruh shaxslar tomonidan millatiga qarab adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlar” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy nashrlar yozishiga ko‘ra, mazkur jinoyatni fosh qilishda Sankt-Peterburgdagi ozarbayjon diasporasi yordam bergan. Undan tashqari, diaspora vakillari Ozarbayjonda yashayotgan Mamedovning ota-onasi bilan bog‘lanib, shahar aholisiga ularning kechirim so‘zlarini yetkazgan.