O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Yevropaga yashil energiya eksport qilishni rejalashtirmoqda

Markaziy Osiyo davlatlaridan Ozarbayjon hududi orqali Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston yashil energiya eksporti bo‘yicha texnik shartlar va qo‘shma korxona tuzishga kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi xabar berdi.
Tegishli kelishuv Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika va iqtisodiyot vazirlarining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishildi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlaridan Ozarbayjon hududi orqali Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha boshqarmalar rahbarlari qo‘shma kommunikeni imzolashdi. Unda mamlakatlarning qayta tiklanadigan energetika sohasidagi salohiyati hamda muqobil manbalardan olinadigan elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish loyihasiga qo‘shilishga tayyor ekanliklari qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar qayta tiklanadigan energiya manbalariga e’tibor qaratgan holda energiya almashinuvi sohasida hamkorlik bo‘yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldishdi: yashil vodorod va yashil ammiakni rivojlantirish va eksport qilish imkoniyatlari va tegishli infratuzilmani yaratish sohasida.
Ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnik shartlar asosida dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bo‘yicha tender e’lon qilinadi.

"Ishtirokchilar, shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun qo‘shma korxona yaratish istiqbollarini o‘rganishga kelishib olishdi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Iqtisodiyot va energetika vazirlari darajasidagi navbatdagi yig‘ilish O‘zbekistonda (Toshkent shahri) bo‘lib o‘tadi.
“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarda “yashil” energetika loyihalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Unda Qatar investitsiyalar agentligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini O‘zbekiston hududlarida “yashil” energetika obyektlarini modernizatsiya qilish boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.