O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlar almashishga kelishib olindi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama sayyohlar almashinuvini oshirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirish boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlar almashishga kelishib olindi. Bu haqida Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida turizm yo‘nalishida aloqalarni kuchaytirish va ikki tomonlama sayyohlar almashinuvini oshirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirish boshlandi.
Shu kunlarda 30 dan ortiq qirg‘izistonlik turoperatorlarning vodiy viloyatlari bo‘ylab tashrifi tashkil etildi. Delegatsiya a’zolari Andijon viloyatida mahalliy turoperatorlar va va mehmonxona biznesi vakillari bilan B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazishdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlar almashishga kelishib olindi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazi hamda 18-asr o‘rtalarida qurilgan “Pir Siddiq” majmuasi bilan tanishildi.
“Shu yerda Farg‘ona viloyati va qo‘shni respublikaning O‘sh viloyati delegatsiyasi o‘rtasida turistlarni jalb qilish hamda xizmat ko‘rsatishda tajribalarni almashish borasida ikki tomonlama memorandum imzolandi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlar almashishga kelishib olindi.
Qolaversa, xorijiy delegatsiya vakillari Namangandagi turizm markazlari bilan tanishib, o‘zaro hamkorlik memorandumi va shartnomalar imzolashdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlar almashishga kelishib olindi.
“Ikki tomonlama loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 2024-yilning o‘zida qo‘shimcha 200 ming qirg‘izistonlikning vodiy viloyatlariga tashrifi kutilmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning dastlabki 9 oyi davomida 3,4 million O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida xorijga sayohat qilgan. Ulardan eng ko‘pi deyarli 1,4 mln kishi Qirg‘izistonga borgan.
Avvalroq Namangandagi "Axsikent" arxeologik yodgorlik majmuasiga Qirg‘izistondan sayyohlarlar jalb etilishi ma’lum qilingan edi. Bu bo‘yicha Axsikent arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi hamda Olabuqa rayoni turizm sohasi tadbirkorlari biznes hamjamiyati va Axsi rayoni Podshoota qo‘riqxonasi o‘rtasida memorandumlar imzolangan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston temir yo‘llari "Toshkent – Baliqchi – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy yo‘lovchi poyezdlarining ishga tushirilishini muhokama qildi. Aytilishicha, ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi yo‘lovchi aloqasini yaxshilashga va mintaqaning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.