Darya Trepova amalga oshirgan teraktning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Trepova Tatarskiyni o‘ldirishga tayyorgarlik jarayonida 132 ming rubl olgan va haykalcha ichida bomba borligidan xabardor bo‘lgan — prokuror.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Darya Trepova harbiy jurnalist Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishiga tayyorgarlik jarayonida kripto valyuta ko‘rinishida 132 ming rubl olgan, dedi prokuror sudda.
“2023 yil 1-aprelgacha Trepova ushbu maqsadlar uchun ochilgan kripto-hamonga taxminan 132 ming rubl olgan va ularni terakt tayyorlash jaronida ishlatgan. Xususan, Sankt-Peterburg va Moskvaga chiptalar, suvenirlar, maxsus operatsiya mavzusidagi otkritkalar sotib olgan va shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatgan", - dedi u.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi Vladlen Tatarskiy bilan kafeda uchrashishdan oldin haykalcha ichiga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi moslamani "jangovar shay holatga keltirgan".
"Keyin noma’lum shaxs uni faollashtirish uchun Ukraina hududida sotib olingan sim-karta orqali Estoniya hududidan turib ishlatgan, shundan so‘ng u portlab ketgan", - deya tushuntirdi prokuror.
Trepovaning o‘zi aybini qisman tan oldi: uning so‘zlariga ko‘ra, gipsli byust ichiga portlovchi moddalar borligini bilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Vladlen Tatarskiy taxallusi bilan tanilgan harbiy muxbir, bloger va yozuvchi Maksim Fomin 2023-yil 2-aprel kuni Sankt-Peterburgda ijodiy kecha o‘tkazayotganida, Darya Trepova tomonidan unga sovg‘a qilingan haykalcha portlab ketadi. Oqibatda Tatarskiy va keyinroq yana bir jabrlanuvchi vafot etadi, jami 51 kishi yaralanadi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu jinoyat bir guruh Rossiya hukumatiga qarshi kayfiyatda bo‘lgan shaxslar va Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Xususan, ayni damda xorijga qochib ketgan sobiq muxolifatchilar Leonid Volkov* va Ivan Jdanovlar* Darya Trepovani ushbu harakatlarni amalga oshirish zarurligiga ishontirishgan. Portlab ketgan haykalchani Ukraina fuqarosi Yuriy Denisov yetkazib bergan.
Jinoyatni uyushtirishdan maqsad — Rossiyada hokimiyatni beqarorlashtirish, aholi orasida qo‘rquv va tahlika tarqatish bo‘lgan.
*Ushbu shaxslar Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi deb topilgan.