TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyaning eng yirik marketpleyslaridan biri "Ozon" O‘zbekistonda sotuvni boshladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati ma’lum qildi.
“Endi aholimiz "Ozon" platformasida turli toifadagi tovarlarning keng assortimentidan tanlab xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu "Ozon" logistika tarmog‘ining rivojlanishi va o‘zbekistonlik yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi munosabati bilan amalga oshmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 4-oktabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqalararo uchinchi hamkorlik forumi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Rossiyaning "Ozon" marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.
Memorandumga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mahalliy tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini o‘tkazadi.