O‘zbekistonlik kurashchilar Belarusdagi musobaqada shohsupaga ko‘tarildi

O‘zbekistonlik kurashchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Belarusda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Sportchilar yig‘in doirasida Olimpiada chempioni Oleg Karavayev xotirasiga tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qiziqarli bellashuvlarga boy bahslarda o‘zbekistonlik kurashchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. O‘zbekiston terma jamoasi Belarusdagi mashg‘ulotlarni 28-noyabrga qadar davom ettiradi. Xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik kurashchilar:
Oltin medal:
-72 kg: Abdullo Aliyev.
Kumush medal:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev;
-72 kg: Abror Atabayev.
Bronza medal:
-63 kg: Islomjon Bahromov;
-72 kg: Mahmud Baxshulloyev;
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov.