O‘zbekiston Xitoydagi ko‘rgazmada o‘zining boy tarixiy merosini namoyish etdi — foto

Xanchjouda “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” o‘z ishini yakunladi. Loyiha XIX Osiyo o‘yinlari arafasiga mo‘ljallanib tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Xitoydagi ko‘rgazmada o‘zining boy tarixiy merosini namoyish etdi. Bu haqida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Xanchjouda “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” o‘z ishini yakunladi. Loyiha XIX Osiyo o‘yinlari arafasiga mo‘ljallanib tashkil etildi.
Xanchjouda “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” o‘z ishini yakunladi.
Ko‘rgazmada Osiyoning turli mintaqalaridan qariyb 150 ta libos namoyish etildi.
Xanchjouda “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” o‘z ishini yakunladi.
"Yurtimiz sharafi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi va “Samarqand” muzey-qo‘riqxonasi sara to‘plamlariga mansub 20 ta muzey eksponati orqali tarannum etildi. Ular orasidan o‘zbek an’anaviy so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlari o‘rin oldi", — deyiladi xabarda.
Jami ko‘rgazmaga 86 000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Xanchjouda “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” o‘z ishini yakunladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston xalqaro jamoatchilikka o‘zining boy madaniyati va tarixiy merosini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.