TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi, deya xabar berdi O‘zA.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi A.R. noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.