Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Avdeyevka sirmog‘i tobora tortilib bormoqda — Xrolenko

Kiyev rejimi Avdeyevkani qurshovdan saqlab qolish uchun barcha maxsus kuchlarni ushbu yo‘nalishga tashlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Avdeyevka sirmog‘i tobora tortilib bormoqda, dedi Sputnik muxbiriga harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko.
Kiyevda bo‘lib o‘tgan UQK rahbariyati majlisida Zelenskiy Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi va Xavfsizlik qo‘mitasidan maxsus kuchlarning barcha zaxiralarini Avdeyevkaga tashlashni buyurdi. Maqsad — front chizig‘ini ushlab qolish va halqaning yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Rossiya Mudofaa vazirligi xaritasi va xorijiy manbalarga ko‘ra, Avdeyevka halqasining diametri 12 km atrofida bo‘ladi. Halqani yopish uchun ayni damda Janubda Stepovoe va Shimolda Vodanoe aholi punktlari yaqinida jang qilayotgan Rossiya kuchlari uchrashishi kerak. Buning uchun ular taxminan 7 km masofani bosib o‘tishi kerak.
Lekin frontning eng qaynoq yo‘nalishi — bu Avdeyevka. Kupansk yo‘nalishida ham shiddatli janglar bo‘lmoqda.
Rossiyaning “G‘arb” qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va Zagoruykovka aholi punktlari hududlari yaqinida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasi kuchlarini yo‘q qilmoqda. Bu hudud LXR chegarasidan taxminan 20 km va Xarkov shahridan 90 km masofada joylashgan.
Janglarla artilleriya, aviatsiya va “TOS” og‘ir o‘t ochish tizimlaridan ham faol foydalanilmoqda.