Zelenskiy Trampga qo‘ng‘iroq qilib tushishga urinmoqda — OAV

"Strana.ua": Zelenskiy muzokara o‘tkazish maqsadida Trampga qo‘ng‘iroq qilishga urinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazish maqsadida unga qo‘ng‘iroq qilib tushishga urinmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Strana.ua" nashriga tayanib xabar berdi.

“Hozir Tramp amalda (respublikachilarning ko‘pchiligi bilan) Ukrainaga mablag‘ ajratilishiga to‘sqinlik qilayotgan AQSh Kongressi Vakillar palatasini nazorat qilmoqda. Ukraina hukumati buni tushunadi va shuning uchun Tramp va Zelenskiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatni tashkil etishga urinmoqda”, — deyiladi maqolada.

Avvalroq Ukraina rahbari Oq uyning sobiq rahbarini “24 soat ichida mojaroni hal qila olishi” haqidagi uzoq yillik bayonotiga qarshi chiqish uchun mamlakatiga taklif qilgan edi. "Newsmax" nashrining yozishicha, Tramp hozircha bunday safar nomaqbul ekanini aytib, uni rad etgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainada o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda: buni ommaviy axborot vositalarida mojaroning yoritilishida ham ko‘rish mumkin – u amalda sarlavhalardan yo‘qoldi.