O‘zbekiston va YeOII

"Transneft" YeOII uchun neft tashish narxlarini oshiradi

"Transneft" 2024-yilda magistral quvurlar va dengiz portlari orqali yetkazib beriladigan neftni yuklash, tashish va quyish tariflarini 7,2 foizga ko‘tarishini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning "Transneft" tizimi orqali neftni tashish tariflari 2024-yilda indeksatsiya qilinali. Federal Monopoliyaga qarshi xizmatining (FAS) tegishli farmoni Normativ-xuquqiy hujjatlar portalida ro‘yxatdan o‘tkazildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Hujjatga muvofiq, Rossiya va YeOII davlatlarida "Transneft" magistral quvur tizimida neftni yuklash, yetkazib berish, tushirish, qabul qilish va boshqa xizmatlari uchun tarif stavkalari 7,2 %ga ko‘tariladi.

Shuningdek, neftni Xitoyga eksport qilish uchun ESPO tizimi va Kozmino porti orqali neftni tashish bo‘yicha tarmoq tarifi 7,2% ga indekslanadi.
Hujjatda aytilishiga ko‘ra, quyidagi magistral quvurlar orqali neftni haydash tariflari ham 7,2 foizga indekslanadi: “Transneft Sibir”, "Transneft - G‘arbiy Sibir", "Transneft - Vostok", "Transneft - Uzoq Sharq", "Transneft - Ural", "Transneft - Prikame", "Transneft - Yuqori Volga", "Transneft - Volga", "Transneft - Do‘stlik", "Chernomortransneft", "Transneft - Shimoliy", "Transneft - Boltiqbo‘yi".
Ma’lumot uchun, 2020-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati "inflyatsiya minus 0,1%" tamoyili asosida "Transneft" tariflarini keyingi 10-yil uchun indeksatsiya qilish mexanizmini tasdiqlagan edi. Shunga muvofiq 2023-yil boshidan "Transneft" tariflari 6 foizga indeksatsiya qilingan edi. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2023-yilda inflyatsiyani 7,5%, Rossiya banki - 7-7,5% oralig‘ida prognoz qilmoqda.