TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Turkiyaning "SunExpress" aviakompaniyasi Samarqanddan Izmirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida "Air Marakanda" aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, "Air Marakanda" "SunExpress" aviakompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi. Uning doirasida Turkiyaning uchinchi yirik shahri - Izmirga birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochildi.
Izmirdan Samarqandga birinchi reys 13-noyabr kuni ertalab soat 4:20 da (mahalliy vaqt bilan) yetib keldi.
Reyslar haftasiga ikki marta, dushanba va payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Izmirdan jo‘nash soat 22:05 da – Samarqandga yetib kelish soat 4:40 da.
Samarqanddan uchish soat 5:40 da – Izmir aeroportiga yetib kelish soat 09:05 da.
Chiptalarni Samarqand xalqaro aeroporti kassasi, shuningdek, aviakompaniya veb-saytida xarid qilish mumkin.