TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Samarqandda 560 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Samarqand viloyatida davlat soliq xizmati organlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
“Tadbirlar davomida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro U.Z. xonadonida umumiy qiymati 560,2 mln so‘mlik 5 turdagi 43 228 shisha qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari saqlanayotganligi aniqlandi va vaqtincha olib qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ular qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.