O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi" boshlandi — foto

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish va kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi"
Tushdan keyin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi va “O‘zbekistondadir baxtim, toleim” jamoa to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, tarjimonlar, adabiyot ixlosmandlari, yoshlar, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi"
Ushbu tadbir O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida tashkil etildi, deb xabar qilmoqda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi"
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 13-19 noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan tadbir doirasida rsepublikaning barcha viloyatlarida turli ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar, tanlov va konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.

“Bag‘rikenglik haftaligi” Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilmoqda.