Harorat biroz ko‘tariladi — Toshkentda 13-noyabr uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +16 daraja bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi +3-6 daraja iliq, kunduzi +14-16 daraja iliq bo‘ladi.