Kiyevdan Yevropadagi yirik ittifoqchisi yuz o‘girdi – OAV

Sebastyen Lekornyu Fransiya o‘z qurol-aslaha omboridan Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatmoqchi ekanini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Fransiya Ukrainaga o‘zining qurol-aslaha omboridan qurol yetkazib berishni bas qilmoqchi. Bu haqda Fransiya Qurolli kuchlarpi vaziri Sebastyen Lekornyu LCI telekanali efirida ma’lum qildi, deya yozadi RT.
Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev qurol-yarog‘ uchun Parij 200 million yevro sarmoya kiritgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning maxsus jamg‘armasidan pul to‘lashi kerak.
Vazir Ukrainaga harbiy yordam miqdori uch milliard dolllar atrofida ekanini qo‘shimcha qilgan.
Peskov: Kiyev u jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini anglashi fursati yetgan
Eslatib o‘tamiz, 8-noyabr kuni Slovakiya hukumati Ukrainaga 40,3 million yevrolik yangi harbiy yordamini bloklagan edi. AQShning “The Washington Post” gazetasi bu qaror Kiyevning NATOdagi tarafdorlarining charchaganidan dalolat berishi haqida yozgan edi.