TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonda havo harorati ish haftasining ikkinchi yarmida +24 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ish haftasi davomida respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati +21-24 daraja iliqqacha, respublika janubida ba’zi joylarda +25-27 daraja gacha iliq bo‘ladi.
Havo harorati hafta oxiriga kelib, kechasi +7-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Bunday harorat foni noyabr oyining o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5-8 daraja yuqori hisoblanadi.
Poytaxtda 13-17 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha bo‘lgan tezlikda esadi.
Bugun kunduzi havo harorati +14-16 daraja iliq, keyinchalik kunduzgi harorat ko‘tarilib, 16-17 noyabrda +21-23 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi harorat +5-7 iliqdan, +8-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.