"Gazprom" Markaziy Osiyo bilan uzoq muddatli hamkorlikka erishmoqchi

"Gazprom" rahbari Aleksey Millerning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo respublikalari hozirda juda jadal rivojlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan gaz sanoati sohasida 15-yillik hamkorlik cho‘qqisiga erishmoqchi. Bu haqida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Aleksey Miller Pavel Zarubinga bergan intervyusida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan gaz sohasidagi hamkorlikni tasvirlab berdi.
"Agar so‘nggi vaqtlarda gaz sohasidagi hamkorligimizni qisqa muddatli deb atash mumkin bo‘lsa, endi biz o‘z oldimizga 15-yillik cho‘qqiga chiqish vazifasini maqsad qilib qo‘ydik", — dedi u.
“Mening sovet bolaligimda, Rossiyadan O‘rta Osiyoga emas, balki O‘rta Osiyodan bizga gaz kelishiga odatlanganmiz. Sababi nima? Bu qanday sodir bo‘ldi?" — deb so‘radi jurnalist Millerdan.
Gazprom rahbarining fikricha, buning bir qancha sabablari bor.

“Birinchidan, bu vaqt ichida Rossiya Federatsiyasining resurs bazasi sezilarli darajada kengaydi. Zaxira bo‘yicha ham, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ham, men aynan ishlab chiqarish quvvatini nazarda tutapman, biz dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibmiz... Ikkinchidan, shuni tushunish kerakki, O‘rta Osiyo respublikalari hozirgi kunda juda jadal rivojlanmoqda. Biz o‘sish sur’atini juda yaxshi tushunamiz”, — deb tushuntirdi Miller.

"Gazprom" Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishning yangi yo‘nalishlarini o‘rganmoqda