Yengil atletika: o‘zbekistonliklar Osiyo chempionatini 2 ta medal bilan yakunlashdi

Dubay shahrida yengil atletikaning yarim marafon yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Yarim marafon dasturidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletikaning yarim marafon yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush medal bilan yakunladi.
Yarim marafon dasturidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yakkalik yo‘nalishida 1 soat 13 daqiqa 29 soniya natija qayd etgan Hamidova 5-yil avval o‘zi o‘rnatgan O‘zbekiston rekordini yangilashga erishdi. Ushbu natija unga kumush medalni taqdim qildi. Oltin medal Yaponiya, bronza medali esa Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosiga nasib etdi. Mazkur dasturda Xmelevskaya sakkizinchi, Mirakbarova o‘n yettinchi bo‘lib marraga yetib kelishdi.
Yarim marafon dasturidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
Shuningdek, uch nafar sportchining umumiy hisobdagi 3:46:08 natijasi jamoaviy dasturda kumush medallarni taqdim qildi. Ushbu yo‘nalishdi Qirg‘iziston jamoasi oltin, Hindiston esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.