TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiyaning beshinchi avlod yengil qiruvchisi “Checkmate”ning tajriba namunasi 2025-yil oxirigacha paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov ma’lum qildi.
“Men bu (“Checkmate” qiruvchisining birinchi namunasini yaratish – tahr.) 2025-yil oxirigacha ro‘y berishiga umid qilyapman”, - dedi Manturov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning qiruvchisiga xorijlik mijozlar ham qiziqish bildirmoqda.
“Qiziqayotganlar bor. Aytishim mumkinki, bu ikki yil davomida biz ham so‘rovlarni to‘pladik, jumladan, bir dvigatelli samolyotga qiziqqan mijozlarning so‘rovlariga maksimal darajada mos kelishi uchun loyihaga ma’lum o‘zgartirishlar ham kiritdik. Bu maket, boshqaruv tizimlari, samolyot qurollanishiga ham taalluqli", – dedi u.
“Checkmate” – Rossiyadagi birinchi beshinchi avlod bir dvigatelli samolyot bo‘lib, u Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi ( “Rostex” tarkibiga kiradi) tomonidan ishlab chiqilgan.
Qiruvchi 2021-yil iyul oyida MAKS-2021 havo-kosmik salonida taqdim etilgan. Xorijda ilk bor o‘sha yili “Dubai Airshow” ko‘rgazmasida ko‘rsatilgan. “Checkmate” bir vaqtning o‘zida oltigachaga nishonni yo‘q qilishi mumkin.