“Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkaziladi — qanday tadbirlar rejalashtirilgan?

“Bag‘rikenglik haftaligi” 16-noyabr kuni Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida 13-19 noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkaziladi. Bu haqida Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bag‘rikenglik haftaligi” 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Xaftalik doirasida viloyatlar va Toshkent shuhridagi maydonlar, hiyobon va bog‘larda turli ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” shiori ostida turli konsert dasturlari, fotoko‘rgazmalar ham o‘tkaziladi.
Respublika umumta’lim maktablarida eng yaxshi insholar tanlovlari, she’rxonlik kechalari, oliy ta’lim muassasalrida esa ilmiy-amaliy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.
Tadbir Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.