Toshkentdagi 96% binolarda issiqlik ta’minoti ishga tushirildi

Toshkentda issiqlik ta’minotini bosqichma-bosqich ulash bo‘yicha hozirda vaziyat qanday ekanligi ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentdagi 96% binolarda issiqlik ta’minoti ishga tushirildi, deya xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
Qayd etilishicha, 11-noyabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, 1 852 ta ijtimoiy obyektdan 1 778 tasida issiqlik ta’minoti ishga tushirildi. Bu umumiy binolarning 96% tashkil etadi.
Shuningdek, 8 900 ta binodan 8 615 ta turar-joy binolarida issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yildi, bu umumiy binolarning 97% tashkil etadi.
“Qolgan binolar isitish tizimiga ulanish bosqichida”, — deyiladi xabarda.
Xabarda uyda issiq suv ta’minoti yoki issiqlik ta’minoti bo‘lmasa, dastlab uy ichidagi isitish tizimlariga mas’ul bo‘lgan uy boshqaruvchi kompaniyalarga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-noyabrdan Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlangan.