Ayrim hududlarda kechki harorat pastlaydi — O‘zbekistonda 13-noyabr uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Ertaga, 13-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kechki harorat pastlaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3-6 daraja iliq, kunduzi +14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sovuq +3 iliq, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1-6 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1-6 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3-8 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1-6 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.